Spektakllar
Yarim tundagi o’g’rilik
Ijrochilar: Национальный театр Узбекистана
Qachon
Tadbir o‘tib ketdi
oxirgi marta — 2026-yil 13-noyabr
Chiptalar
Sotuv tugadi
Format
16+ · taxminan 1 soat 30 daqiqa
Tadbir haqida
Miraslav Mitrovich qalamiga mansub “Yarim tundagi o‘g‘rilik” pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl komediya janrida bo‘lib, jamiyatdagi ochko‘zlik, talonchilik illatlari kulgi ostiga olinadi. Spektaklda jamiyatda hukm surgan ikkiyuzlamachilik, birovning haqidan qo‘rqmaslik, o‘zboshimchalikni odat qilgan kimsalar kulgi orqali tanqid qilinadi. Spektaklda bu kabi illatlar davr, zamon, qonunlar o‘zgarishiga qaramay bugungi jamiyatda borligini, aslida jamiyatni izdan chiqarayotgan kichkina o‘g‘riliklar emas, yashirin eshiklar ortidagi, ko‘zlardan pana joyda amalga oshirilayotgan talonchiliklar ekanidan tomoshabinni ogohlantirmoqchi bo‘ladi. Tomoshabin spektakl davomida sahnada aktyorlarni emas, jamiyatda har qadamda duch kelinayotgan voqealarni, o‘zi tanigan insonlarni ko‘radi. Spektakl so‘nggida esa o‘zi izlagan savollariga javob ham topadi.
Manba: Get Tickets, iTicket · narx va vaqtni tashkilotchi belgilaydi
Yana: Spektakllar
Barcha spektakllar
30-noygacha har kuni
Toshkent bo‘ylab sayr - «Toshkent gapiradi» spektakli
Anhor qirg‘og‘i
180 000 so‘mdan
Du, 23-noy · 18:00
Osmon hamma gapni eshitadi
Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri
44 000 so‘mdan