Spektakllar
Sho‘rva idishi
Ijrochilar: Русский драматический театр
Qachon
Tadbir o‘tib ketdi
oxirgi marta — 2026-yil 5-noyabr
Chiptalar
Sotuv tugadi
Format
12+ · taxminan 2 soat 16 daqiqa
Tadbir haqida
Rober Lamure – mashhur fransuz aktyori va komediyanavis. 1920-yilda Parijda tug‘ilgan. Yoshligidayoq quvnoq kuplet va lirik qo‘shiqlar to‘qigan. 1948-yilda uning «Metro» qo‘shig‘i e’tirof etildi. Shu yili Lamure estradada o‘zining qo‘shiqlari va satirik monologlarini ijro etib chiqa boshladi. Parij tomoshabinlari uni iliq qabul qildi va yosh o‘zi o‘rgangan aktyor professional sahnaga va kinoga taklif etildi. Lamure bir nechta komediya va kinostsenariy yozadi. 50-yillarda uning «Dada, ona, xizmatchi va men» filmi butun dunyo mamlakatlarini kezib chiqdi va Lamurega shuhrat keltirdi.
Rober Lamurening eng mashhur pyesalari: «Mana, bu brunetka!» (1958, «Varyete» teatri), «Fridерик» (1967, «Sakkizinchi Eduard teatri»), «Shoh va mot» (1969, «Ambassadeur» teatri) va boshqalar.
«Sho‘rva idishi» – Lamurening eng yaxshi komediyalaridan biri, birinchi marta 1971-yil 21-sentabrda «Sakkizinchi Eduard teatri»da sahnalashtirilgan. Lamure nafaqat muallif, balki rejissyor va asosiy erkak rolining ijrochisi sifatida ham qatnashdi. «Sho‘rva idishi» mavsumning eng yaxshi spektakli deb topildi.
Ish tartibi: soat 11:00 dan 19:00 gacha (ish kunlari), shanba va yakshanba – 11:00 dan 18:00 gacha, tanaffus – 14:00 dan 15:00 gacha, dam olish kuni – dushanba. Manzil: Toshkent sh., Mirobod tumani, Zarafshon ko‘chasi, 24. («Mustaqillik» va «Amir Temur» metro bekatlari, mo‘ljal – «Zarafshon» restorani, «Poytaxt» savdo-ko‘ngilochar markazi)
Manba: Русский драматический театр, Get Tickets, Sxodim · narx va vaqtni tashkilotchi belgilaydi
Yana: Spektakllar
Barcha spektakllar
30-noygacha har kuni
Toshkent bo‘ylab sayr - «Toshkent gapiradi» spektakli
Anhor qirg‘og‘i
180 000 so‘mdan
Du, 23-noy · 18:00
Osmon hamma gapni eshitadi
Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri
44 000 so‘mdan