Konsertlar
Ravshan Zokirov. Yubiley konserti
ANNOTATSIYA
Ijrochilar: Равшан Закиров, Национальный симфонический оркестр
Qachon
21-dekabr, dushanba · 19:00
28 kundan keyin
Chiptalar
88 000 – 275 000 so‘m
iTicketda sotuvda
Format
12+
Tadbir haqida
Ravshan Zokirov (1951-yilda tug‘ilgan) – mashhur ZOKIROVLAR ashulachilik sulolasi vakili. Noyob tenor tembri sohibi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida (1976–1980-yillar) opera vokali sinfida o‘qigan. Xonandaning ijodiy amplуasi estrada va mashhur klassika vokal asarlarini ijro etishga yo‘naltirilgan.
Ommabop musiqa xalqaro tanlovlari laureati: «Osiyo davovi» – 1994-yil, Almaota shahri, «Sharq bozori» – 2003-yil, Simferopol shahri.
2016–2024-yillarda «Turkiston» va «O‘zbekiston solistlari» kamer orkestrlari, Milliy simfonik orkestr hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi huzuridagi B. Zokirov nomidagi Estrada-simfonik orkestr ishtirokida bir qator YAKKA konsertlar o‘tkazgan.
Ravshan Zokirovning 75 yoshligiga bag‘ishlangan navbatdagi «Yubiley konserti» 21-dekabr kuni konservatoriyaning Katta zali sahnasida Milliy simfonik orkestr jo‘rligida bo‘lib o‘tadi.
Konsert dasturida L. Pavarotti, A. Bochelli repertuaridagi qo‘shiqlar, vatan estradasi bastakorlarining asarlari va boshqalar yangraydi.
Konsertda mehmonlar ishtirok etadi: O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Jenisbek Piyazov, Nasiba Abdullayeva, A. Navoiy nomidagi Katta akademik teatr solistlari Umid Isroilov, Rustam Alimardanov, «OFARIN» respublika vokal tanlovi laureatlari, Ziyod Ishonxo‘jayev va boshqalar.
Manba: iTicket · narx va vaqtni tashkilotchi belgilaydi
Qanday borish mumkin
Davlat konservatoriyasi