Русский
Kirish
Jinlar bazmi
Spektakllar

Jinlar bazmi

Ijrochilar: Национальный театр Узбекистана

Qachon Tadbir o‘tib ketdi oxirgi marta — 2026-yil 5-noyabr
Qayerda O‘zbekiston Milliy teatri ул. Алишера Навои, 34
Chiptalar Sotuv tugadi
Format 16+ · taxminan 1 soat 45 daqiqa

Tadbir haqida

JINLAR BAZMI (Yolg‘iz) Xurshid Do‘stmuhammad asari, inssenirovka muallifi va sahnalashtiruvchi rejissyor O. Salimov. Ushbu spektakl yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning “Yolg‘iz” qissasi asosida sahnalashtirilgan bo‘lib, ulug‘ adib Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlanadi. Spektaklda A. Qodiriyning hayoti bilan bog‘liq 1926-yil voqealari tasvirlangan. Spektaklning asosi faqatgina adibning shaxsi, hayoti, ijodigina emas, balki u yashagan davrga, zo‘ravon siyosiy tuzumga qaratilgan. Spektaklning yana bir diqqatga molik jihati: shu tuzum dargohi ostida jon saqlayman deb, qo‘rquv ostida jinlar “bo‘yinlariga ilgan nog‘aralarini” chalishga majbur bo‘lgan “kasbdosh do‘stlar” asar janridan birmuncha chetroqqa chiqib bo‘lsa-da, sharj uslubida ifodalanadi.

Manba: Get Tickets, iTicket · narx va vaqtni tashkilotchi belgilaydi

Tashkilotchilarga: sayt uchun belgi

Yana: Spektakllar

Barcha spektakllar