Русский
Kirish
Ilyos Arabov
Konsertlar

Ilyos Arabov

O‘zbekiston xalq artisti Ilyos Arabovning ijodiy konserti: maqom yo‘llari, mumtoz va xalq qo‘shiqlari «Shukrona» dutorchilar ansambli jo‘rligida ijro etiladi.

Ijrochilar: Илёс Арабов, Ансамбль «Шукрона»

Qachon 15-dekabr, seshanba · 18:00 22 kundan keyin
Kalendarga
Qayerda «Turkiston» san’at saroyi просп. Навои, 2 · xaritada
Chiptalar 66 000 – 275 000 so‘m iTicketda sotuvda
Format 12+
Chipta sotib olish

Tadbir haqida

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ ARTISTI ILYOS ARABOVNING IJODIY KONSERTI Mumtoz musiqa ixlosmandlarini milliy san’atimizning betakror ohanglari, maqom va xalq qo‘shiqlarining nafis jozibasiga chorlovchi unutilmas musiqiy kecha! O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, professor Ilyos Arabov o‘zining sara ijodiy namunalaridan iborat konsert dasturini taqdim etadi. Konsert davomida o‘zbek mumtoz musiqa merosining nodir durdonalari, maqom yo‘llaridagi bastakorlik asarlari, xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan xalq ashulalari hamda Ilyos Arabov ijrosidagi eng sara mumtoz ashulalar yangraydi. Ushbu musiqiy kechada san’atkor bilan bir sahnada «Shukrona» professional dutorchilar ansambli hamda O'zbekiston davlat simfonik orketri Milliy cholg'ular ansambli sozandalari jo‘rnavozlik qiladi. Jonli ijro, betakror sozlar uyg‘unligi, yuksak ijrochilik mahorati va milliy musiqamizning boy an’analari mujassam bo‘lgan ushbu konsert tomoshabinlarga unutilmas badiiy zavq va ruhiy taassurotlar ulashadi. Sizni milliy musiqamizning sehrli olamiga sayohat qilishga, mumtoz san’atning nafis va betakror tarovatidan bahramand bo‘lishga taklif etamiz!

Manba: iTicket · narx va vaqtni tashkilotchi belgilaydi

Tashkilotchilarga: sayt uchun belgi

Qanday borish mumkin

«Turkiston» san’at saroyi

Yana: Konsertlar

Barcha konsertlar
Du, 23-noy · 19:00

Yangi dunyodan

«Turkiston» san’at saroyi

77 000 so‘mdan
26-noygacha har kuni

Avaz Oxun

Xalqlar do‘stligi saroyi

55 000 so‘mdan
Se, 24-noy · 19:00

Modern Jazz

«Turkiston» san’at saroyi

66 000 so‘mdan